Belarusda 1 noyabrdan xorijliklarning kirishi taqiqlandi
Olam
−
31 Oktabr 2020
5167Belarus joriy yilning 1 noyabridan boshlab chet elliklarning mamlakatga kirishini vaqtincha cheklaydi. Bu haqda mamlakat Davlat chegara qo‘mitasi xabar bermoqda.
Joriy yilning 1 noyabrdan boshlab Belarus chegarasini avtoulov, soddalashtirilgan nazorat punktlari, temir yo‘l stansiyalaridagi va daryo portlaridagi nazorat punktlarida kesib o‘tish taqiqlanadi.
Cheklovlar Rossiya hududiga tranzit bilan sayohat qilayotgan ruslarga, shuningdek, Belarus fuqarolarining yaqin qarindoshlariga, Belarusda doimiy yoki vaqtincha yashash huquqiga ega bo‘lgan chet elliklarga va boshqa qator chet el fuqarolariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
LiveBarchasi