Belarus “Vagner” jangchilarini Rossiyaga berdi
Olam
−
15 avgust 2020
10173Belarusda hibsga olingan 32 nafar Rossiya fuqarosi Vataniga qaytarildi. Ikki davlat fuqaroligiga ega yana bir rossiyalik Belarusda qoldi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
“Avvalroq, Belarusda hibsga olingan 32 nafar Rossiya Federatsiyasi fuqarosi RF davlat chegarasidan o‘tdi. Ayni vaqtda ular Rossiya hududida”, deyilgan idora xabarida.
Ta’kidlanishicha, mazkur shaxslarning Rossiyaga berilishi xalqaro huquq va ikki davlatning milliy qonunchiligiga amal qilgan holda amalga oshirilyapti. Qo‘lga olingan fuqarolar atrofidagi vaziyat yuzasidan surishtiruv davom etyapti.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 iyul kuni Minsk chekkasidagi sanatoriyda “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining 32 nafar jangisi qo‘lga olindi. Yana bir rossiyalik Belarus janubida ushlangan. Mamlakat huquq-tartibot idoralari ularga nisbatan terrorchilik akti uyushtirishga urinish ayblovi bilan jinoiy ish ochgan. Rossiyaliklar Belarusda 20 yilga qamalishi mumkin edi.
LiveBarchasi