Belarus o‘z tarixida birinchi bora AQSH neftini qabul qildi

Olam

image

Bugun, 11 may kuni AQSHdan kelgan tanker Belarus uchun neft olib keldi. Bu haqda "Belneftexim" konserni matbuot xizmati ma’lum qilindi.

"Mamlakatdagi "Naftan" OAJga Amerika nefti keldi. Peshin paytida, ertalab kelgan rezervuarlardan neft quyila boshlandi. Zavod uni qayta ishlashga tayyorlanmoqda", deb xabar beradi konsern.

10 kun ichida barcha neft zavodga yuborilishi belgilab qo‘yilgan. 5 iyun kuni Bomont (Texas) portidan yo‘lga chiqqan "NS Captain" tankeri Belarusga 77 ming tonna neft keltirgan. Bu Respublika tarixida AQSHdan birinchi bora neft kelishi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, yil boshida AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo Belarusga tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida Pompeo AQSH kompaniyalari Belarusga neft yetkazib berishga tayyorligini aytgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

AQSh neft' Belarus'

Baholaganlar

120

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing