Belarus SHHTga a’zo bo‘lishga shoshib qoldi. Sabab nima?
Olam
−
04 iyul 2023
12577Bugun, 4 iyul kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlar rahbarlari Hindiston raisligida onlayn formatda bo‘lib o‘tgan 23-sammiti chog‘ida Belarusning tashkilotga a’zo bo‘lish majburiyati to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi. Virtual uchrashuv SHHT Kotibiyati tomonidan translyatsiya qilindi.
Aytilishicha, memorandumning imzolanishi sammitga kuzatuvchi sifatida taklif qilingan respublikaning SHHTga to‘liq a’zo bo‘lish tartibini boshlab beradi.
O‘z navbatida, Belarus Tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun barcha zarur qonunchilik ishlarini amalga oshirishini bildirgan.
"Endi keyingi jarayon ushbu memorandumni va barcha a’zo davlatlar tomonidan bizning majburiyatlarimiz to‘plamini ratifikatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ratifikatsiya jarayoni tugashi bilan mamlakatimizning to‘liq a’zoligi haqida gapirish mumkin. Bu yaqin kelajakda amalga oshishini kutamiz”, dega Aleynik.
Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko ham respublika “yaqin kelajakda” SHHTga a’zo bo‘lishiga ishonch bildirgan.
“Ishonchim komilki, barcha a’zo davlatlarning qo‘llab-quvvatlashi bilan Belarus ham yaqin kelajakda SHHTga to‘laqonli a’zo sifatida qo‘shiladi. Global oziq-ovqat xavfsizligining keskinlashgan muammolari sharoitida SHHT davlatlari Belarusning mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining yirik eksportchilaridan biri sifatidagi imkoniyatlariga ishonish mumkin”, degan Lukashenko.
Shuningdek, u SHHT hozirgi geosiyosiy sharoitda asosiy e’tiborni iqtisodiyotga emas, balki mintaqa xavfsizligiga qaratishga majbur ekanini ta’kidlagan.
"Bugungi kunda biz barcha qoidalar va tushunchalar butunlay yo‘q qilinganini ko‘rmoqdamiz. Shu bois SHHT ko‘proq e’tiborni iqtisodiy masalalarga emas, balki mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlik muammolariga qaratishga majbur bo‘lsa ajab emas. Prinsiplarni qat’iy himoya qilish, istisnosiz barcha davlatlar uchun adolatli dunyo barpo etish uchun Minsk turli xalqaro platformalarda murosasiz yechimlar topish ustida doimiy ishlamoqda”, degan u.
Lukashenkoning ta’kidlashicha, avvalgi xavfsizlik tizimi ideal emas edi, lekin shunga qaramay, u o‘zaro nazorat va muvozanat mexanizmlarini, xalqaro huquq normalariga majburiy rioya qilishni nazarda tutgan.
Ma’lumot uchun, Belarus 2010 yildan SHHTning muloqot bo‘yicha hamkori, 2015 yildan esa tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega. Respublikani SHHTga qabul qilish tartibi tashkilotning 2022 yil sentyabrda Samarqandda bo‘lib o‘tgan sammitida boshlangan. O‘shanda Lukashenko mamlakat a’zolik jarayonini tezlashtirilgan formatda o‘tkazishni rejalashtirayotganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 4 iyul kuni bo‘lib o‘tgan sammitda Eron rasman SHHTning a’zosiga aylangan va Shanxaydagi tashkilot kotibiyatida Eron bayrog‘i ko‘tarilgandi.
LiveBarchasi