Belarus Rossiya-Ukraina urushiga kiradimi?
Olam
−
17 iyun 2022
13373Belarus Ukrainada jang qilmoqchi emas. Bu haqda Belarus Respublikasi fuqarosi Aleksandr Lukashenko ma’lum qilgan.
Lukashenkoning ishonchi komilki, G‘arb Belarusni bu mojaroga jalb qilmoqchi.
“Putin mendan hech qachon so‘ramagan: kel, kir, Ukrainada kimnidir o‘ldir va hokazo. Lekin ular bizni Rossiya bilan ham, Belarus bilan ham muomala qilish va front – Sankt-Peterburgdan Rostovgacha bo‘lgan chiziqni qurish uchun bu mojaroga undamoqda. 2020 yilda bu ish bermadi. Buni boshqa usullar bilan qilishda davom etmoqdalar”, deydi davlat rahbari.
Lukashenkoning ta’kidlashicha, Belarus bu mojaroga aralashmasligi va “urush” yaratmasligi kerak.
“Biz bu yerni himoya qilishimiz kerak. Hozircha, Xudoga shukur, bajaryapmiz. Men uchun asosiysi – bu Ukraina mojarosiga qulog‘imizgacha kirish emas, balki uni tezroq tugatish”, deydi u.
Davlat rahbari, shuningdek, Belarus Ukrainada jang qilmoqchi emasligiga ishontirdi. U Belarus armiyasining harbiy tayyorgarligini oshirish va mustahkamligini ta’minlash muhimligini ta’kidladi.
Lukashenkoga ko‘ra, Rossiya Ukrainadagi kelishuv bo‘yicha muzokaralar jarayoniga sodiq.
“Biz voqealar qanday rivojlanishini bilmaymiz. Rossiya bugun muzokaralar jarayoniga sodiq, men aniq bilaman”, deydi davlat rahbari.
LiveBarchasi