Belarus Prezidenti nega mobil telefon ishlatmasligini oshkor etdi
Olam
−
24 yanvar 2020 10226 1 daqiqa
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning ma’lum qilishicha, mobil telefon va boshqa gadjetlardan xavfsizlik nuqtai nazaridan foydalanmaydi.
“Menda hatto mobil telefon ham yo‘q. Hamkasblarim o‘tirib olgancha o‘z “ayfon”larida nimalarnidir titkilab o‘tirishlari meni hayron qoldiradi. Men bu ishlar bilan shug‘ullanmayman. Xavfsizlik nimaligini yaxshi bilaman. Gap bu haqida ham emas: bu ishlarni amalga oshiradigan o‘z odamim bor”, degan Lukashenko. Uning so‘zlarini BelTA davlat agentligi keltirib o‘tgan.
Davlat rahbarining aytishicha, agar kimdir unga qo‘ng‘iroq qilsa, ad’yutant telefonni unga yetkazadi. “Lekin men bu aloqada gaplashmayman. Hozir bu gadjetlar cho‘ntagingizda yuribdi. Kimdir sizni qayerda ekanligingizni bilmoqchi bo‘lsa, buni oson uddalashadi. Siz shuni istaysizmi? Yo‘q”, deb qo‘shimcha qilgan u.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025