Belarus-Polsha chegarasida 10 nafar muhojir halok bo‘lgani aytildi 

Olam

image

Belarus-Polsha chegarasida kamida 10 nafar muhojir sovuq tufayli halok bo‘ldi. Xalqaro gumanitar tashkilotlar yangi o‘limlarning oldini olish uchun yordam ko‘rsatishi kerak va tomonlar vaziyatni yumshatishi kerak. Bu haqda Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlari federatsiyasi press-relizida aytiladi.  

“Biz chegarada va boshqa joylarda muhtoj bo‘lgan barcha odamlar tibbiy hamda gumanitar yordam olishlari uchun Qizil Xoch va boshqa gumanitar tashkilotlardan foydalanishga chaqiramiz”, degan Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlari federatsiyasining
Yevropadagi ofatlar, iqlim va inqirozlar bo‘limi rahbari Andreas fon Vayssenberg. 

Hujjatda aytilishicha, Qizil Xochning Belarus, Polsha va Litvadagi bo‘limlari inqiroz munosabati bilan qo‘shimcha mablag‘ olgan, ammo muhojirlar ulardan to‘liq foydalana olmaydi va davlatlar buni ta’minlashi kerak. 

“Odamlar chegaradan faqat kiyimda o‘tishadi. Ular oziq-ovqat, dori-darmon, gigiyena vositalari, kiyim-kechak va COVID-19 dan himoya vositalariga muhtoj. Bizga yordam ko‘rsatishga ruxsat berish kerak va biz vaziyatni tinch, insonparvar va huquqlarga asoslangan holda hal qilishni xohlaymiz”, deya qo‘shimcha qilgan Vayssenberg. 

Ma’lumot o‘rnida, noyabr oyida Belarusning Polsha va Litva bilan chegarasida migratsiya inqirozi avj oldi. Muhojirlarning ba’zilari vaqti-vaqti bilan Yevropa Ittifoqi hududiga o‘tishga urinmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha Belarus'

Baholaganlar

83

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing