Belarus mamlakatdan avtomobilda chiqib ketadiganlarga yig‘im joriy qilmoqchi
Olam
−
20 dekabr 2020
2779Belarusda mamlakatdan avtomobilda chiqib ketish uchun yig‘im joriy qilish taklif etildi. Bunday “qoyilmaqom” taklif Moliya vazirligi tomonidan bildirilgan.
Yig‘imni viloyatlar rahbarlari joriy qilishi rejalashtirilyapti. Yig‘imni mamlakatdan vazni 5 tonnadan og‘ir bo‘lmagan avtotransport vositasida chiqib ketayotgan fuqarlar to‘laydi.
Yig‘im miqdori bazaviy to‘lov miqdorining 3 baravaridan oshmaydi. 2021 yilda bir bazaviy to‘lov miqdori 29 belarus rubliga teng bo‘ladi.
Ammo Belarusdan Rossiyaga chiqib ketayotganlar yig‘im to‘lamaydi.
Belarusdan avtomobilda chiqib ketganlik uchun yig‘im Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasida ko‘zda tutilgan. 18 dekabr kuni u Belarus parlamentining quyi palatasi — Vakillar palatasi tomonidan qabul qilindi. Endi hujjat imzolash uchun Aleksandr Lukashenkoga yuborildi.
20 dekabrdan Belarus fuqarolariga va ushbu mamlakatda istiqomat guvohnomasiga ega chet elliklarga mamlakatdan quruqlikdagi chegaralar orqali chiqib ketish taqiqlandi (Rossiya bilan chegaradan tashqari). Koronavirus pandemiyasi bunga rasmiy sabab sifatida keltirildi. Quruqlikdagi chegaralar orqali Belarusga kirish esa 30 oktyabrdan man etilgan edi.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023