Belarus xokkey bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazish huquqidan mahrum qilindi

Olam

image

Xalqaro xokkey federatsiyasi kengashi (IIHF) xavfsizlik sabab 2021 yilda Belarusda xokkey bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlarini o‘tkazmaslik haqida qaror qabul qildi. Bu haqda federatsiya saytida xabar qilingan.

“IIHF nazoratida bo‘lmagan xavfsizlik masalalari tufayli kengash bugun xokkey bo‘yicha jahon chempionatini Minskdan ko‘chirish zarurligi haqida qaror qabul qildi”, deyiladi xabarda.

Musobaqani o‘tkazish uchun Belarus va Latviya birgalikda ariza topshirgan. IIHF kengashi koronavirus pandemiyasi sharoitida xavfsizlikni ta’minlash uchun ikkinchi davlatning o‘zini mezbon sifatida tanlash imkoniyatini ko‘rib chiqyapti.

Xokkey bo‘yicha jahon chempionati 2021 yil 21 maydan 6 iyungacha Minsk va Rigada o‘tkazilishi kerak edi.

O‘tgan yili 9 avgust kuni Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan so‘ng muxolifat respublika hokimiyat organlariga qarshi xalqaro sanksiyalarni joriy etishni, shu jumladan IIHF`ga murojaat qilib, xokkey bo‘yicha jahon chempionatini boykot qilish yoki uni butkul bekor qilish taklifini bildirishdi.


Maqola muallifi

Teglar

xokkey Belarus'

Baholaganlar

88

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing