Belarus qochoq Bakiyevni Qirg‘izistonga berishdan bosh tortdi
Olam
−
25 avgust 2022
9021Belarus Oliy sudi Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Qurmanbek Bakiyevni vataniga ekstraditsiya qilishdan bosh tortdi. Qarorga siyosatchining sudlanganligi “siyosiy sabablarga ko‘ra ta’qib” bilan bog‘liqligi haqidagi iddao asos qilib olingan, deb xabar berdi “Kabar” axborot agentligiga Qirg‘iziston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati.
Nazorat organi sobiq Prezident sudning 2016 yil 29 iyuldagi qarori bilan 2010 yil 7 aprel voqealari va boshqa jinoyat epizodlari uchun 30 yilga ozodlikdan mahrum etilganini eslatgan.
Qirg‘iziston Respublikasi Bosh prokuraturasining ta’kidlashicha, ular Belarus Bosh prokuraturasiga Bishkek garnizoni Harbiy sudi, Jinoyat ishlari va ma’muriy ishlar bo‘yicha sud kollegiyasining 2016 yil 23 maydagi hukumlarini (2016 yil 29 iyuldagi Qirg‘iziston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jinoyat ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati qaroriga kiritilgan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda) hukmlarini tan olish va Belarusda ijro etish to‘g‘risida iltimosnoma yuborgan.
Shuningdek, Bosh prokuratura Bakiyevni jinoiy javobgarlikka tortish uchun ekstraditsiya qilish bo‘yicha to‘rtta so‘rov yuborgan.
Ma’lumot o‘rnida, 2010 yilning 7 aprelida Qirg‘izistonda inqilob bo‘lib o‘tdi, natijada mamlakatning ikkinchi Prezidenti Qurmanbek Bakiyev taxtdan ag‘darilib, mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldi. Prezidentni qo‘llab-quvvatlayotgan harbiy xizmatchilar va muxolifat tarafdorlari o‘rtasidagi to‘qnashuvda 80 dan ortiq odam halok bo‘ldi, bir necha yuz kishi jarohatlandi.
Jinoyatlari uchun vatanida sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan Bakiyev qochib ketganidan so‘ng Qirg‘izistonda hokimiyat Roza Otunbayeva boshchiligidagi muvaqqat hukumat qo‘liga o‘tdi. Hozirda Qirg‘izistonning ikkinchi Prezidenti Minskda istiqomat qiladi.
LiveBarchasi