Belarus IIV saytida Lukashenko va vazir “qidiruvga berildi”

Olam

image

Belrusda noma’lum xakerlar Ichki ishlar vazirligining rasmiy saytini buzdi. Xakerlar idora saytida qidiruvdagilar ro‘yxatiga biroz o‘zgartirish kiritgan. Bu haqda "TJournal" xabar berdi.

Ichki ishlar vazirligi saytiga kirgan xakerlar Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko va idora rahbari Yuriy Karayevni “bedarak yo‘qolganlar” ro‘yxatiga kiritib qo‘ydi.

Ularning har ikkisiga “belarus xalqiga qarshi harbiy jinoyat” ayblovi qo‘yilgan. Lukashenokni shuningdek, hokimiyat uzurpatori deb atalgan.

Hozirda sayt ishlamayapti.

Ma’lumot uchun, Belarusda 9 avgust kuni prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda amaldagi rahbar Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozondi. Bunga qarshi odamlar 9 avgustning o‘zida ko‘chaga chiqib, norozilik bildira boshladi. Oradan bir oyga yaqin vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, Belarus xalqi tinchigani yo‘q. Ular har kuni tinch namoyish o‘tkazyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

518

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing