Belarus elchixonasiga kartoshka, tuxum va pomidor uloqtirishdi (video) 

Olam

image

Armanistonning Yerevan shahrida muxolifatdagi “Respublika” partiyasi (uning asoschisi, sobiq bosh vazir Aram Sarkisyan) vakillari Belarus elchixonasi oldida norozilik namoyishi uyushtirib, diplomatik missiya eshigiga tuxum, kartoshka va pomidor uloqtirdi. Bu haqda “News.am” xabar berdi. 

Norozilik namoyishchilari elchixona vakillariga qarata “Armanistondan ketinglar” deya baqirgan. 

Bunga Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenkoning Armaniston hukumatining G‘arb davlatlari bilan yaqinlashayotgani haqidagi so‘zlari sabab bo‘ldi.

“G‘arbda hamma Armanistonni unutadi. Xo‘sh, bu qanday siyosat?! Armanlar bizdan boshqa kimga kerak? Ular hech kimga kerak emas”, deya fikr bildirgan edi Lukashenko.

Huquq-tartibot xodimlari norozilik namoyishiga aralashmagan. Namoyishga chiqqanlar Armaniston hukumatidan Belarus bilan diplomatik munosabatlarni uzish, Belarus elchisi va diplomatlarini “persona non grata” deb e’lon qilishni talab qildi va Minsk bilan barcha ikki tomonlama kelishuvlarni, shu jumladan, fuqarolarning vizasiz sayohati haqidagi kelishuvini ham bekor qilishni so‘radi. 

Belarus va Armaniston munosabatlari joriy yilning iyun oyida murakkablashdi. O‘shanda Lukashenko Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuvda Qorabog‘ni Baku nazorati ostiga qaytarish bo‘yicha operatsiyani “ozodlik urushi” deb atagandi. U 2023 yilning sentyabr oyida o‘tkazilgan va tan olinmagan hukumatning taslim bo‘lishi bilan yakunlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko MDH davlatlarini Rossiyaga nisbatan xudbinlikda ayblagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Armaniston Belarus' Erevan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing