Belarus don eksportini taqiqladi

Olam

image

Belarus Vazirlar Kengashi qarori bilan olti oyga mamlakatdan don eksport qilish taqiqlandi. Ushbu chora bugun, 24 sentyabrdan kuchga kiradi. Hujjat milliy yuridik internet portalida joylashtirilgan.

Eksporti taqiqlangan tovarlar ro‘yxatiga 19 ta mahsulot kiritilgan. Ular orasida: bug‘doy, javdar, arpa, jo‘xori, makkajo‘xori, grechka bor.

Belarus hukumati 2021 yildayoq ayrim don mahsulotlarini eksport qilishni taqiqlagan. Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko may oyida mamlakati 2022 yilda don ekinlarini eksport qilmasligini va barcha zaxiralarni ichki ehtiyojlarga yo‘naltirishini aytgan edi.

Mart oyida Rossiya hukumati Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlariga (Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya) don eksportini vaqtinchalik taqiqlab qo‘ygan edi. Cheklovlar iyulgacha amal qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus'

Baholaganlar

128

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing