G‘arb davlatlari Belarusning burni tagida harbiy mashg‘ulot boshladi

Olam

image

Bugun, 14 oktyabr kuni Litvaning Belarus bilan chegarasi yaqinida joylashgan Pabrade shahridagi general Silvestras Jukauskas nomidagi poligonda Samogitiya piyodalar brigadasi tomonidan tashkil etilgan Brave Griffin 2024/2 xalqaro harbiy mashg‘ulotlari boshlanadi. Bu haqda Litva Qurolli kuchlari ma’lum qildi.

Bildirilishicha, ushbu mashg‘ulotlarga AQSH, Buyuk Britaniya va Polshadan 2,5 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar hamda 250 ta texnika jalb etiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili o‘tkaziladigan ushbu manyovrlardan maqsad Samogitiya brigadasi bo‘linmalarini ittifoqchi bo‘linmalar bilan hamkorlikda mudofaa operatsiyalarini rejalashtirish va o‘tkazishga o‘rgatishdir.

Qayd etilishicha, 14 oktyabr kuni Klaypeda – Kazlu-Ruda yo‘nalishi bo‘ylab, 20 oktyabrda esa Kazlu-Ruda – Pabrade yo‘nalishi bo‘ylab harbiy texnikaning intensiv harakatlanishi rejalashtirilgan. Brave Griffin mashqlari ikki hafta, 31 oktyabrgacha davom etadi.

Mashqlar Rossiyaning 2022 yil fevralidan beri davom etayotgan Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli harbiy agressiyasi fonida o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 14 oktyabr kuni NATOning alyansga a’zo mamlakatlarni himoya qilish bo‘yicha ikki haftalik yillik manyovrlari boshlanishi, ular davomida yadro qurolidan foydalanish amaliyoti o‘tkazilishi xabar qilingandi. Steadfast Noon mashg‘ulotlarida Yevropaning sakkizta havo bazasida joylashgan 2000 ga yaqin askar ishtirok etadi. Havo manyovrlarida 60 dan ortiq samolyotlar, jumladan, AQSHning Yevropada joylashgan yadro bombalarini olib yurishga qodir zamonaviy qiruvchi samolyotlar, uzoq masofali bombardimonchi samolyotlar, shuningdek, kuzatuv va yonilg‘i quyish samolyotlari ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Litva Belarus' Pabrade

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing