Belarus armiyasining uchdan bir qismi Ukraina bilan chegaraga joylashtirildi – Lukashenko
Olam
−
19 avgust
3446Belarus harbiylari armiyaning deyarli uchdan bir qismini Ukraina bilan chegaraga o‘tkazgan. Bu haqda Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya davlat telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Bu qadamni qo‘yish kerak edi, chunki Kiyev nafaqat 120 mingdan ortiq harbiy xizmatchini Belarus bilan chegaralar yaqinida saqlaydi, balki qo‘shimcha kuchlarni ham joylashtirdi”, deydi Lukashenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Belarus qo‘shinlari Rossiya qo‘shinlari bilan birgalikda Gomeldan Ukrainaga hujum qilishi mumkinligidan qo‘rqib, chegaraga qo‘shimcha bo‘linmalarni yuborgan. Chegaraning ikkala tomonida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshida u yerga ko‘chirilgan bo‘linmalar saqlanib qolgan.
LiveBarchasi