Belgiyada mashina olomon ustiga bostirib kirdi. Qurbonlar bor
Olam
−
20 mart 2022 14362 1 daqiqa
Belgiyaning Strepi-Brakni shahrida mashina olomon ustiga borib urildi. Oqibatda, to‘rt kishi halok bo‘lgan, 20 dan ortiq kishi jarohatlangan, haydovchi qo‘lga olingan. Bu haqda RTBF telekanali xabar bergan.
“Gap to‘rt nafar qurbon, yetti nafar og‘ir va 15 nafar yengil jarohat olganlar haqida ketmoqda”, deyiladi telekanal xabarida.
Qayd etilishicha, mashinada bo‘lgan odamlar qo‘lga olingan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha paytda qishloqda karnaval bo‘layotgan bo‘lgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28