Belgiyada qurollangan shaxs Shvetsiya fuqarolarini otib o‘ldirdi
Olam
−
17 Oktabr 2023
17558Belgiya poytaxti Bryussel markazidagi ko‘chalardan birida noma’lum shaxs o‘t ochdi. Hodisa oqibatida ikki Shvetsiya fuqarosi halok bo‘lib, yana biri yaralandi. Bu haqda DPA agentligi xabar berdi.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, noma’lum shaxs Kalashnikov avtomati bilan odamlarni ta’qib qilgan. O‘sha vaqtda Bryusselda Shvetsiya va Belgiya futbol jamoalari o‘rtasida o‘yin bo‘layotgan edi. Qurollangan shaxs Shvetsiya terma jamoasi futbolkalarini kiyib yurgan.
Xabar qilinishicha, otishma haqidagi ma’lumotdan keyin o‘yin to‘xtatilgan. Politsiya hujumchini qidirmoqda, u voqea joyidan qochishga muvaffaq bo‘lgan.
Otishmadan so‘ng Bryusselda terror bo‘yicha eng yuqori darajadagi ogohlantirish e’lon qilingan.
Keyinroq “Belga” agentligi boshqa tafsilotlarni aytmagan holda hujumchi shaxsi aniqlangani haqida xabar bergan. Rasmiylar Shvetsiya fuqarolarini nishonga olgan otishmaning potensial terrorchilik motivini tekshirmoqda.
Belgiya federal prokuraturasi vakili Erik Van Duys hujumni amalga oshirgan shaxs ISHID terrorchilik guruhidan ilhomlanganini aytgan. Shuningdek, shahar aholisi tahdid bartaraf etilmaguncha uyda qolishga chaqirilgan.
LiveBarchasi