Belgiya O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi
Jamiyat
−
28 mart
2633O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Belgiya elchisi etib tayinlangan Anri Vantigemdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.
"Belgiyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Anri Vantigem janoblaridan ishonch yorliqlarini qabul qildik. Ikki va ko‘p tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyormiz. O‘zbekiston va Belgiya kompaniyalarini yaqin aloqalarni o‘rnatishga va ularni jadal rivojlantirishga chaqirib qolamiz. Biz janob elchiga mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz, deb yozadi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Anri Vantimgem elchi Mark Mixelson o‘rniga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Saudiyaga yangi elchi tayinlagandi.