Belgiya sardori “Manchester Yunayted”ga o‘tdi
Sport
−
15 iyul 851 1 daqiqa
“Manchester Yunayted” “Aston Villa” va Belgiya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Yuri Tilemansni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar barcha asosiy shartlar yuzasidan kelishib olgan va 5 yillik shartnoma imzolagan. “Manchester Yunayted” belgiyalik futbolchi uchun “Aston Villa”ga taxminan 41 million yevro to‘lagan.
Tilemans o‘tgan mavsumning barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u Belgiya terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi asosiy futbolchilaridan biri bo‘lib, jamoaning yarim finalgacha yetib borishida muhim hissa qo‘shdi.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Yuri Tilemansning transfer narxi 30 million yevro deb belgilangan.
Live
Barchasi