Belgiya - Marokash o‘yinidan so‘ng Bryusselda ommaviy tartibsizlik boshlandi
Sport
−
28 noyabr 2022
7822Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionati guruh bosqichida Marokashning Belgiya terma jamoasi ustidan qozongan g‘alabasi Bryusselda katta noroziliklarga sabab bo‘ldi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari suv purkagichlardan foydalanib, norozilik namoyishlarini to‘xtatdi. Bu haqda Bryussel politsiyasi matbuot kotibi Ilse van de Keyre ma’lumotiga tayanib, Belgiya axborot agentligi xabar berdi.
27 noyabr kuni belgiyaliklar Marokash terma jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
"O‘nlab odamlar yuzlarini berkitib, tartibsizliklar uyushtirdi, bu esa jamoat tartibiga putur yetkazdi. Namoyishchilar pirotexnika vositalaridan foydalandi, tosh va butilkalar uloqtirdi va chiqindi konteynerlarini yoqib yubordi”, deydi politsiya matbuot kotibi.
Midi va Lemonniyer bulvarlari atrofida ikki soat davom etgan tartibsizliklar Yaqin Sharqdan, jumladan Marokashdan kelgan ko‘p sonli aholi yashaydigan hududda davom etgan. Oqibatda bir nechta mashinaga zarar yetkazilgan va svetoforlar buzib tashlangan. Politsiya tartibsizliklar hududini to‘sib, suv purkagichlar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Mahalliy vaqt bilan 19:30 (Toshkent vaqti bilan 23:30)ga kelib, shaharda vaziyat barqarorlashgan.
Mahalliy gazetaning xabariga ko‘ra, ko‘pchilik do‘kon sotuvchilari o‘yinning har qanday natijasi tartibsizliklarga olib kelishi mumkinligidan xavotirlanib, Belgiya va Marokash o‘rtasidagi o‘yin kuni do‘konini erta yopishni afzal ko‘rgan. Shuning uchun mahalliy savdogarlar to‘qnashuvlardan aytarli zarar juda ko‘rmadi.
JCHning ortda qolgan ikki turidan so‘ng Belgiya 3 ochko bilan guruhda 3-o‘rinni band etib turibdi. So‘nggi turda belgiyaliklar xorvatlar bilan to‘qnash keladi. O‘yin 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.