Belgiya qirolining oilaviy siri oshkor bo‘ldi

Olam

image

Belgiya qiroli Albert II nikohsiz tug‘ilgan qizi Delfina Boelning biologik otasi ekanligini tan oldi. Bu haqda RTBF mahalliy teleradiokompaniyasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bundan oldin qirol otalikni rad etib kelayotgan, shu bois qizi tug‘ilishidan oldin biror bir oilaviy maslahatlashuvlarga bormagan va aralashmagan edi.

Keyinchalik qirol DNK testidan o‘tishga qarshilik qilgan, ammo Bryussel sudi tashxis topshirish shartligi to‘g‘risidagi qarorini o‘z kuchida qoldirgan edi.

Boelning onasi baronessa Sibill de Selis Longsham voyaga yetgan qizining haqiqiy otasi kim ekanligini shu paytga qadar yashirib kelayotgan edi. Hujjatlarga ko‘ra, qizning otasi sanoatchilar oilasidan bo‘lgan Jak Boel hisoblanadi. Hozirda baronessa va u ajrashishgan.

Delfina Boel vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida 2013 yilning iyunidan sud jarayonini boshlab yubordi. O‘shanda qirol davlat rahbari sifatida immunitetni to‘liq shakllantirib olgan edi.

U o‘z maqomidan voz kechib, davlatni to‘ng‘ich o‘g‘li Filippga qoldirganidan so‘ng, yuridik daxlsizlikdan mahrum bo‘ldi. Endilikda uning qizi merosning bir qismini talab qilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Bel'giya qirolning oilaviy siri

Baholaganlar

254

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing