Bektemirning ilk raqibi nomi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Avvalroq, o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev joriy yilning 13 iyun kuni professional boksda o‘z debyutini nishonlashi haqida xabar qilgan edik.

Ayni paytga kelib, o‘zbek bokschisiga qarshi jang qiladigan bokschi nomi ham e’lon qilindi. Bektemir o‘sha kuni Kaliforniyada argentinalik Martin Fidel Riosga qarshi 6 raundlik jangda ringga ko‘tariladi. 

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Rios shu kungacha prof boksda 46 ta jang o‘tkazgan va ularning 23 tasini o‘z foydasiga hal qilgan (13 ta nokaut). 19 ta jangda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan (4 ta nokaut). Yana 4 ta jangda durangga erishgan. Qayd etish lozimki, u o‘z vaqtida boshqa bir o‘zbek bokschisi Azizbek Abdug‘ofurovga qarshi ham jang o‘tkazgan va mag‘lub bo‘lgan. 

Ushbu jang Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionati kumush medali sohibi, Osiyo chempioni hisoblangan Bektemir uchun professional boksdagi birinchi bahs bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

boks

Baholaganlar

27

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing