Bektemirda 25,1 km ichimlik suvi tarmoqlari quriladi

Jamiyat

image

Bektemir tumani aholisini to‘liq markazlashgan suv ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida joriy yilda 25,1 km yangi ichimlik suv tarmoqlari quriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimiyati xabar bermoqda. 

Bu ishlarni amalga oshirish uchun 17,6 mlrd so‘m mablag‘ manbalari aniqlanib, loyiha smeta xujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Shuningdek, eskirgan 1,75 km ichimlik suv tarmoqlarini almashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Rejalashtirilgan ishlar joriy yilning 15 mart sanasidan boshlab amalga oshiriladi. Buning evaziga Bektemir tumani aholisi to‘liq markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Toshkent shahrining Bektemir tumanida 12 198 iste’molchi yoki 50 891 nafar aholining 35 891 nafari markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Bu esa ichimlik suvi ta’minoti darajasining 71 foizini tashkil qiladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Bektemir tumani Ichimlik suvi

Baholaganlar

4

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing