Bektemir va Sergelida hokimlar ortidan IIO FMB boshliqlari ham tayinlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Bektemir va Sergeli tumanlari Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Podpolkovnik Elyor Urdushevich Ergashev Toshkent shahar Bektemir tumani IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Elyor Ergashev Sirdaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Polkovnik Abduvosit Abdulxayevich Abdurazzoqov Toshkent shahar Sergeli tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Abduvosit Abdurazakov IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakil lavozimida xizmat qilgan.

Avvalroq, Bektemir va Sergeli tumanlariga yangi hokimlar tayinlangani haqida xabar bergan edik. Bulardan tashqari, Yashnobod tumanida ham yangi hokim ish boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB

Baholaganlar

83

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing