Bektemir tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

−

image

Toshkentning Bektemir tumanig Saidjamol Sultonov hokim etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi ma’lum qildi.

Saidjamol Sultonov 1980 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2002 yilda Toshkent Moliya institutini tamomlagan.

U 2018 yildan hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Unga qadar tuman hokimi sifatida o‘tgan yilning avgustidan beri Jahongir Ibrohimov ishlayotgan edi. U 2021 yilning yanvarida Yunusobod tumani hokimi lavozimiga o‘tkazilganidan keyin ushbu lavozim bo‘sh qolgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

117

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing