Bektemir tumanidagi istirohat bog‘i sotuvga qo‘yildimi?
Jamiyat
−
05 may 4882 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Bektemir tumani Suvsoz dahasidagi park sotuvga qo‘yilgani, o‘rniga ko‘p qavatli uy qurilishi haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan QALAMPIR.UZ tuman hokimligi bilan bog‘landi.

Bektemir tuman hokimligi matbuot xizmati rahbari Sunnatulla Ovlaqulovning QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha, Rohat va Mirishkor mahallalari hududida joylashgan Suvsoz dahasidagi “Quyoshcha nuri” parkining sotuvga qo‘yilgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, sotilish haqidagi e’lon o‘tgan yili berilgan va mulk egasi park sotilmaganini bildirgan. Park xususiy mulk hisoblanadi.
“Park hududida yengil metall konstruksiyadan qurilish ishlari olib borilmoqda”, deydi matbuot kotibi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yilgan edi.
Live
Barchasi