Bektemir Meliqo‘ziyev rossiyalik sobiq jahon chempioniga qarshi jang qiladi

Sport

image

Professional boksning super o‘rta vazn toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jangi 2021 yilning 30 yanvarida o‘tkaziladi.

Bektemir Moskvadagi "Lujniki" stadionida tashkil etiladigan boks kechasining asosiy jangida ringga chiqadi. Unga rossiyalik Sergey Kovalyov raqiblik qiladi. 

Jang tomonlar kelishuviga ko‘ra 80,7 kg vaznda o‘tkaziladi. To‘qnashuv DAZN platformasi orqali onlayn translyatsiya qilinadi.

Ma’lumot uchun, Sergey Kovalyov yarim og‘ir vazn toifasida WBA Super, IBF va WBO chempionlik kamarlarining sobiq egasi hisoblanadi. U professional boksda hozirga qadar 34 ta jangda g‘alaba qozongan, shundan 29 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. 4 ta jangda mag‘lub bo‘lgan, 1 ta jangi esa durang bilan yakunlangan.

Kovalyov o‘zining so‘nggi jangini 2019 yil 2 noyabrida meksikalik Saul "Kanelo" Alvaresga qarshi o‘tkazib, 11-raundda nokautga uchrab mag‘lub bo‘lgan.

Bektemir Meliqo‘ziyev hozirgacha professional boksda 6 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan, 5 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.

Bektemir Meliqo‘ziyev o‘zining oxirgi jangini joriy yilning oktyabr oyida meksikalik Alan Kampaga qarshi o‘tkazib, 3-raundda g‘alaba qozongan


Maqola muallifi

Teglar

Bektemir Meliqo'ziev

Baholaganlar

224

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing