Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
29 aprel 5364 1 daqiqa
O‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev o‘zining navbatdagi jangini amerikalik Daryus Fulxumga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ushbu to‘qnashuv joriy yilning 30 may kuni AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan professional boks oqshomi doirasida o‘tkaziladi. Mazkur jang super o‘rta vazn toifasidagi WBA Eliminatori maqomida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Bektemir Meliqo‘ziyev faoliyati davomida hozirga qadar 16 ta jang o‘tkazib, 15 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Daryus esa 14 ta jangning barchasida g‘alaba qozongan.
Live
Barchasi