Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksda debyut qiladi
Sport
−
01 iyun 2019
5291Rio-2016 Olimpiadasi hamda jahon chempionati sovrindori Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksda debyut qiladi.
Chamasi ikki oydan beri AQSHda bo‘lib turgan charm qo‘lqop ustasi 13 iyun kuni professional boksdagi ilk jangini o‘tkazadi. Hozircha o‘zbek bokschisining Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan boks oqshomidagi raqibi ma’lum emas. Shunisi aniqki, Bektemir 13 iyun kuni ringga chiqadi.
Avvalroq bokschining okeanortida tiklanish jarayonini o‘tkazishi hamda Tokio Olimpiadasi saralashiga tayyorgarlik ko‘rishi haqida ma’lumot berilgandi.