Bekobodda suv toshqini yuz berdi
Jamiyat
−
30 aprel 2020
12911Toshkent viloyati Bekobod tumanida 2020 yil 29-30 aprel kunlari suv toshqini sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha, 29 aprel kuni soat taxminan 22:00 da Bekobod tumani hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida tumanning “Navbahor” hududi, 1-bo‘lim, “Dehqonobod” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Sardobsoy” (boshlanish qismi qo‘shni Tojikiston Respublikasi hududida) soyining suv oqimi keskin ko‘tarilib, o‘zanidan toshgan.
Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q. Mazkur holat viloyat hokimi Rustam Xolmatov tomonidan nazoratga olinib, viloyat hokimining o‘rinbosarlari va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan zarar ko‘rgan aholi xonadonlariga amaliy yordam ko‘rsatish hamda oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rilmoqda.
Hududga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tegishli korxona va tashkilotlarning kuch vositalari jalb qilingan.
Avvalroq, Buxoro viloyatiga Turkmaniston hududidani kirib kelgan kuchli shamol yopirilgani va ko‘plab talafotlar keltirgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi