Bekobodda mardikorga salom bermagan erkak pichoqlandi
3-sahifa
−
07 yanvar 2021
20878Joriy yilning 4 yanvar kuni Toshkent viloyati Bekobod shahridagi markaziy buyum bozorida pichoqbozlik yuz berdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan O.P. Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi markaziy buyum bozorida o‘zi bilan mardikorlik qiladigan tanishlarining oldiga borib, salomlashmoqchi bo‘lgan. Lekin, tashinlaridan biri – A.S. O.P. ning mast ekanini aytib, u yerdan ketib qolgan. Shundan so‘ng, O.P. ning jahli chiqib, mazkur bozor hududida joylashgan oshxonadan pichoq olib, A.S. ning orqasidan borib, unga bepisand munosabatda bo‘lding, deya qorin bo‘shlig‘iga bir marotaba urib, qasddan tan jarohati yetkazgan. Oqibatda A.S. Bekobod shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Xabarga ko‘ra, hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov davom etmoqda. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish vaqtida qon dog‘lari mavjud bo‘lgan oshxona pichog‘i ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilgan. Jinoyat ishi yuzasidan gumon qilinuvchi O.P. Bekobod shahar IIB vaqtincha ushlab turish hibsxonasida saqlanmoqda.
Gumonlanuvchi O.P. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “ye” va “l” bandlari (bezorilik oqibatida, qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi