Bekobodda 950 million so‘mni “uxlatgan” mansabdorlar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Bekobod tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i va bosh hisobchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Bekobod tumanida qonunbuzilishi holati aniqlangan.

Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i va bosh hisobchisi tikuvchilikka ixtisoslashgan 3 ta MCHJ rahbarlari bilan o‘zaro til biriktirib, 2023 yilning oktyabr-dekabr oylarida Bekobod tumanida yashovchi 116 nafar fuqaroga go‘yoki kasanachilik faoliyatida zarur bo‘ladigan asbob-uskunalar yetkazib berilganligi to‘g‘risida rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish yo‘li bilan 950 million 570 ming so‘m pul mablag‘ini talon-toroj qilgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari “Ekskavator-pogruzchik” texnikasini haqiqiy bahosidan 215,1 mln so‘mga qimmat narxda xarid qilib, byudjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangandi. Toshkentda esa “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi, bosh muhandisi hamda 1 va 8-avtobus saroyi filiallari rahbarlari o‘zaro til biriktirib, avtobus saroylaridagi ehtiyot qismlar, yoqilg‘i mahsulotlarini talon-toroj qilish yo‘li bilan davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda iqtisodiy zarar yetkazgani ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Bekobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing