Bekobodda $90 mingni Tojikistonga olib o‘tayotgan ayol ushlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyatida 90 ming AQSH dollarini Bekobod tumani orqali Tojikistonga noqonuniy olib chiqmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan ayol Sh.M. 20 ming AQSH dollarini oyoq kiyimlari ichiga yashirgan holda “Farhod” chegara bojxona posti orqali Tojikiston Respublikasiga olib o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtda DXX va Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgan vaqtda esa u yana bir bor xuddi shunday noqonuniy harakatni sodir etgan.

Bu safar u egnidagi kiyimlari orasiga yashirgan holda 70 ming AQSH dollarini aynan shu chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatga olib chiqishga uringanida qo‘lga olingan.

Aniqlanishicha, ushbu ko‘p miqdordagi xorijiy valyuta Tojikiston Respublikasi fuqarosiga tegishli bo‘lib, Sh.M. o‘zining kurerlik xizmatiga ma’lum bir miqdorda pul mablag‘i olishi kerak bo‘lgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 182-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat

Baholaganlar

162

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing