Bekobod tumani IIB boshlig‘ining o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Bekobod tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari qo‘lga olindi. Bu ma’lumotni QALAMPIR.UZ`ga Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov tasdiqladi.

Ayni vaqtda Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuraturaning Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xodimlari Bekobod tuman IIBda bo‘lib turibdi.

Hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda tuman IIB o‘rinbosari pora olayotganda qo‘lga tushgan. U fuqaroga Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha yordam berish uchun uning akasidan pora talab qilgan. 5 000 AQSH dollari olayotganda ushlangan.

Hozirda tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilyapti.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar beramiz.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Bekobod

Baholaganlar

344

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing