Begona raqamlarga qaytib qo‘ng‘iroq qilish hamyoningizga zarar bo‘lishi mumkin

Jamiyat

image

"O‘zkomnazorat" davlat inspeksiyasi koronavirus pandemiyasi davrida mobil aloqa operatorlarining abonentlariga nisbatan firibgarlik yo‘li bilan hisob raqamidan pulni yechib olish holatlari uchragani va kuzatilishi mumkinligi haqida ogohlantiradi. Bu haqda inspeksiyaning axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, "Vangiri" nomli xorij raqamidan qo‘ng‘iroqni amalga oshirib, abonent ushbu raqamga qaytib qo‘ng‘iroq qilganidan keyin uning hisobidan katta miqdordagi mablag‘ni yechib olish holatlari kuzatilgan.

Firibgarlar abonentga telefon qilib, unga javob berilmasidan ilgari aloqani uzib qo‘yadi. Muayyan odamlar esa xorijdan qilingan va o‘tkazib yuborilgan begona raqamga qaytib qo‘ng‘iroq qilishi oqibatida ularning hisobidan katta miqdordagi mablag‘ yechib olinadi.

Shuningdek, mobil aloqa operatorlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra karantin davrida plastik kartalarni elektron tizimlar orqali boshqarilishida uchragan shubhali harakatlar monitoring qilinib, firibgarlikni oldini olish borasida tegishli choralar ko‘rilmoqda.

"O‘zkomnazorat" davlat inspeksiyasi bu kabi salbiy holatlarning oldini olish uchun begona raqamdan, xorijdan qo‘ng‘iroq bo‘lgan va u o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa raqamni qaytib termaslik, plastik karta raqami, pasport seriyasi va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni begonalarga oshkor qilmaslik, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmaslikni tavsiya qiladi.

 

Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Begona raqam

Baholaganlar

189

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing