Behzod Normatov Prezident maslahatchisi bo‘ldi
Jamiyat
−
14 may 4137 1 daqiqa
Behzod Rahmatullayevich Normatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni imzolandi.
Ma’lumot uchun, Behzod Normatov joriy yilning fevralida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Neft-gaz sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha loyiha ofisi sho‘ba mudiri lavozimiga tayinlangandi.
Normatov bungacha “Andijonneft” AJ boshqaruvi raisi, Energetika vazirligining Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, u Energetika vazirining o‘rinbosari va O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.
Live
Barchasi