Olim Davlatov Prezidentga maslahatchi bo‘ldi
Jamiyat
−
21:25 2896 1 daqiqa
Bugun, 13 avgust kuni Olim Davlatovich Davlatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident tegishli farmonni imzoladi.
Ma’lumot uchun, Olim Davlatov – adabiyotshunos, sharqshunos, navoiyshunos. U 1976 yilda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. 1998 yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) Sharqshunoslik fakultetini tugatgan. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (hozirgi universitet) aspiranturasi (1999-2002) ni tamomlagan. Alisher Navoiyning 4 jildli “Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti (2011), Hofiz Sheroziyning “Devon”i (2012) ni lug‘at va izohlar bilan nashrga tayyorlagan. Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” tazkirasini hozirgi o‘zbek adabiy tili me’yorlariga muvofiqlashtirib, nashr ettirgan (2015). 2026 yil 28 mayda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi direktori lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ruslanbek Quroltayevich Davletov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi