Prezident Spichrayteri o‘z lavozimida qoldi
Jamiyat
−
14 iyul 7043 2 daqiqa
Xayriddin Madriddinovich Sultonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Spichrayteri lavozimida qoldi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Xayriddin Sultonov 1978 yilda Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetini tugatgan. Mehnat faoliyatini “Guliston” jurnalida boshlab, keyin “Yoshlik” jurnalida, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida faoliyat ko‘rsatgan.
Uning “Quyosh barchaga barobar”, “Bir oqshom ertagi”, “Onamning yurti”, “Umr esa o‘tmoqda”, “Boburning tushlari”, “Boburiynoma” ma’rifiy romani, “To‘qchilik va yo‘qchilik”, “Saodat sohili” kabi nasriy kitoblari nashr etilgan. Shuningdek, u “Changak”, “Moziydan bir sahifa”, “Mehrobdan chayon” kabi videofilmlar, “Tushlarimda ko‘rib yig‘layman”, “Yolg‘iz yodgorim” kabi badiiy va hujjatli filmlar ssenariylari muallifi sanaladi.
Xayriddin Sultonov 1996 yil “Shuhrat” medali, 2003 yil “Mehnat shuhrati” ordeni, 2006 yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvoni hamda 2016 yil “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Abdulaziz Hafizovich Komilov, G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev, Ravshan Ayubovich G‘ulomov, Sardor O‘ktamovich Umurzoqov, Mansurbek Polvonzoda Olloyorov hamda Ruslanbek Quroltoyevich Davletov Prezident maslahatchilari lavozimiga tayinlangandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr