Behzod Normatov Prezident Administratsiyasiga o‘tdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Behzod Rahmatullayevich Normatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Neft-gaz sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha loyiha ofisi sho‘ba mudiri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Behzod Normatov bungacha “Andijonneft” AJ boshqaruvi raisi, Energetika vazirligining Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 

Shuningdek, u Energetika vazirining o‘rinbosari va O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi lavozimlarida ham faoliyat yuritgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Yuliya Vasilevna Risyukova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Administratsiyasi Behzod Normatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing