BBC'ning ikki jurnalisti “xorijiy agent” deb e’lon qilindi

Olam

image

Rossiya Adliya vazirligi BBC rus xizmatining ikki jurnalistini “xorijiy agentlar” ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda nashrning o‘zi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, vazirlik olti kishini “xorijiy agentlar” reyestriga kiritgan, ular orasida BBC rus xizmatining ikki jurnalisti: muharrir Anastasiya Lotareva va muxbir Andrey Kozenko ham bo‘lgan.

Ikki jurnalistdan tashqari uning tarkibiga iqtisodiy ekspert Aleksandra Prokopenko, jurnalistlar Kseniya Kiriya (Turkova) va Irina Romaliyskaya hamda Samara shahrining jamoat arbobi Anton Rubin kiritilgan.

Rossiya agentligining ta’kidlashicha, Anastasiya Lotareva Rossiya Federatsiyasining davlat organlari tomonidan qabul qilingan qarorlar va ular olib borayotgan siyosat to‘g‘risida, shuningdek, Rossiya Qurolli kuchlari haqida salbiy imij yaratishga qaratilgan yolg‘on ma’lumotlar tarqatgan.

Xabarga ko‘ra, BBC muxbiri Ukrainadagi urushga qarshi chiqqan va “xorijiy agentlar” materiallarini tarqatishda qatnashgan.

Vazirlik, shuningdek, Andrey Kozenkoni “xorijiy agentlar”ga oid materiallarni tarqatishda va Rossiyaning saylov tizimi haqida yolg‘on ma’lumot tarqatishda ayblagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi chet elda yashayotgan “xorijiy agentlarni” jinoiy javobgarlikka tortish uchun qonunga o‘zgartirish kiritishni rejalashtirayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

BBC “xorijiy agentlar”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing