Bazaviy hisoblash miqdorini qo‘llash sohasi kengaytirildi

Jamiyat

−

image

O‘zbekistn Prezidentining ayrim hujjatlariga bazaviy hisoblash miqdorini qo‘llash sohasini kengaytiruvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda “Norma” xabar berdi

Endilikda BHM qo‘shimcha ravishda quyidagilarni hisoblab chiqarishda ham qo‘llanadi:

•    davlat mukofotlari (shu jumladan, mukofot pullari), idoraviy mukofotlar, jumladan unvonlar, esdalik va ko‘krak nishonlari uchun nazarda tutilgan mukofotlar miqdorlarini;
•    oziq-ovqat va yo‘lkira uchun xarajatlar qiymatini qoplash va shu kabi ayrim kompensatsiyalarni.

Xususan, endi quyidagilarga BHMga karrali miqdorda kompensatsiyalar to‘lanadi:

a) quyidagilarga turar-joy xizmati bo‘yicha kommunal va boshqa ko‘rsatilgan xizmatlar to‘lovi uchun - har yarim yilda bir marta BHMning 3 baravari miqdorida pul kompensatsiyasi to‘lovi uchun:

•    terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan IIOlari xodimlariga;
•    qaramog‘ida terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan IIOlari xodimlarining voyaga yetmagan farzandlari bo‘lgan shaxslarga.
•    b) obodonlashtirish bo‘linmalari xodimlarining oziq-ovqati uchun – BHMning 1 baravari.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab eng kam ish haqi (EKIH) o‘rniga MHEKM, bazaviy hisoblash miqdori (BHM) va pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori (PHBM) amal qilmoqda. Ularning dolzarb qiymatlari quyidagicha:

•    Bazaviy hisoblash miqdori– 223 000 so‘m;

•    Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 238 610 so‘m;

•    Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHEKM) – 679 330 so‘m.


Maqola muallifi

Teglar

BHM

Baholaganlar

186

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing