“Bayer”ning mag‘lubiyatsiz seriyasi 44 ta o‘yinga yetdi

Sport

image

Ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso boshchiligidagi “Bayer” Yevropa ligasi chorak final javob o‘yinida “Vest Xem” bilan durang o‘ynadi (1:1, birinchi o‘yin 2:0).

Shunday qilib, Leverkuzen klubi joriy mavsumda birorta ham mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmadi – 38 g‘alaba va 6 durang. Jamoa oxirgi marta 2023 yilning may oyida mag‘lubiyatga uchragan.

Mavsum boshidan beri mag‘lubiyatsiz o‘tkazilgan 44 uchrashuvdan iborat seriya top 5 liga uchun rekord hisoblanadi. Mazkur natija orqali “Bayer” 2011/12 yilgi mavsumda 42 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan “Yuventus”ni ortda qoldirdi.

21 aprel kuni Germaniya chempionligini kafolatlagan “Bayer” Bundesliganing 30-turi doirasida Dortmundning “Borussiya”siga qarshi maydonga tushadi.


Maqola muallifi

Teglar

Bayer Xabi Alonso

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing