“Bayer” Alonsoga “Real”dan o‘rinbosar topdi
Sport
−
21 Sentabr
1940Germaniyaning “Bayer” klubi agar Xabi jamoa murabbiyligini tark etsa, “Kastilya” bosh murabbiyi Raulni qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Bu haqda “Bild” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, leverkuzenliklar 2025 yilning yozida 42 yoshli Alonsoning ehtimoliy ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda va Raul klubning nomzodlar ro‘yxatidagi nomlardan biri.
Ispaniay OAVi esa “Real” kelasi yozda Alonso bilan shartnoma imzolashga urinib ko‘rishi haqida yozmoqda.
Raul faoliyatini 2015 yilda yakunlagan, shundan buyon u “Real Madrid”ning turli yoshlar jamoalarida bosh murabbiy bo‘lib ishlab kelmoqda, 2019 yil iyulidan esa u “Kastilya” klubi bosh murabbiyi hisoblanadi.
Ayni damda “Bayer” Bundesligada 5-o‘rinni egallab turibdi. O‘tgan mavsumda klub Germaniya chempionati va kubogida g‘olib bo‘ldi.
LiveBarchasi