Bayrutdagi portlash keltirgan zarar hisoblandi. Uch yuz mingdan ko‘p odam uysiz qolgan
Olam
−
05 avgust 2020 16045 1 daqiqa
Livan poytaxti Bayrutda yuz bergan portlash keltirgan zarar 3-5 mlrd dollarga baholandi. Bu haqda Bayrut gubernatori Marvon Abbud ma’lum qildi.
Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, falokat natijasida shaharda 300 mingga yaqin odam boshpanasiz qolgan.
Qurbonlar soni 108 nafarga yetdi. Ularning 10 nafari qutqaruvchilar. 4 mingdan ortiq jabrlanuvchi bor. Ko‘plab odamlar hamon bedarak yo‘qolgan hisoblanyapti.
Bayrut bandargohining barcha vakili uy qamog‘iga olingan. Mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilingan.
Livan Prezidenti Mishel Aunning ma’lum qilishicha, bandargohda 2750 tonna ammoniy nitrat portlagan. Bu modda 2014 yilda Rhosus kemasidan musodara qilingan.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr