Bayrutda ommaviy norozilik boshlandi, ikki vazirlik binosi egallab olindi
Olam
−
08 avgust 2020
14920Livan poytaxti Bayrut markazida parlament binosi oldida namoyishchilar va politsiyachilar ishtirokida ommaviy to‘qnashuvlar boshlandi. Tartibsizliklar davomida ko‘z yoshi keltiruvchi gaz va toshlardan foydalanilmoqda.
Namoyishlar avval Tashqi ishlar vazirligini, keyin esa Iqtisodiyot va atrof-muhit vazirligini egallaganlar. OAVning ta’kidlashicha, namoyishchilar vazirliklar binosidan Hukumatga qarshi shiorlar bilan baqira boshlaganlar, shuningdek idoradagi hujjatlarni bino derazalaridan tashqariga uloqtirishmoqda.
Mamlakat rasmiylarining 4 avgust kuni sodir bo‘lgan portlash yuzsidan olgan qarorlariga nisbatan norozilik namoyishlari bugun, 8 avgust kuni avj oldi. Namoyishchilar Huukumat iste’fosini talab qilmoqda.
Ayni vaqtda tartibsizliklarda jabrlanganlar 172 kishini tashkil etmoqda.
Huquq tartibot xodimlari odamlarni parlament binosidan uzoqlashtirish uchun ko‘z yoshi keltiruvchi gazlardan foydalanishmoqda. Miting ishtirokchilari bunga javoban ularni toshbo‘ron qilmoqda.
Huquq tartibot organlari vakillari xalq bosimi hamda toshbo‘ron tufayli ortga chekinmoqda. Hududga qo‘shimcha kuchlar jalb etilayapti.
Eslatib o‘tamiz, Livan poytaxti Bayrut shahrida 4 avgust kuni kechki vaqt dahshatli portlash yuz berdi. Livan Bosh vaziri Xassan Diabga ko‘ra, portlash Bayrut portida olti oy davomida kerakli tartibda saqlanmagan 2 750 tonna ammiak selitrasi tufayli yuz bergan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 154 kishi portlash qurboniga aylangan, 60dan ziyod odam bedarak yo‘qolgan. Minglab odamlar jarohatlangan. Bayrut gubernatori Marvan Abbud portlash oqibatida shahar 15 milliard dollar zarar ko‘rganini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi