Bayroq osgan yigit javobgarlikka tortilmaydi – BP

Jamiyat

image

Qashqadaryoda yelkasiga bayroqli tasma taqib olgan yigitga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ish ochilgandi. Endilikda yigitga nisbatan qo‘llanilgan qaror bekor qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Bosh prokuratura aralashuvi bilan yigitga nisbatan qo‘llanilgan ushbu noqonuniy qaror bekor qilinishi ta’minlandi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 5 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda yelkasiga bayroqli lenta taqib olgan yigitni IIB xodimlari olib ketayotgani aks etgan video tarqalgandi. Holat yuzasidan yigitga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga ko‘ra hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy to‘xtamga kelish uchun sudga yuborilgandi. 

Aytish joizki, ushbu holat ko‘pgina fuqarolar tomonidan tanqid ostiga olinib, yigitga nisbatan chiqarilgan qarorga nisbatan norozilik bildirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo javobgarlik Bayroq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing