Bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, qo‘shimcha dam olish kuni berilishi mumkin
Jamiyat
−
11 Oktabr 2021
9666O‘zbekiston qonunchiligida belgilangan bayram kunlari yakshanba kuniga to‘g‘ri kelsa, unda dushanba kuni dam olish kuni sifatida qo‘shib berilishi mumkin. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida muhokama qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasida belgilangan.
Mehnat qonunchiligi bo‘yicha 1 yanvar – Yangi yil, 8 mart – Xotin-qizlar kuni, 21 mart – Navro‘z bayrami, 9 may – Xotira va qadrlash kuni, 1 sentyabr – Mustaqillik kuni, 1 oktyabr –O‘qituvchi va murabbiylar kuni, 8 dekabr – Konstitutsiya kuni, shuningdek, Ramazon hayiti hamda Qurbon hayiti bayramlarining birinchi kunlari bayram kunlari sanaladi.
Ta’kidlanishicha, taklif etilayotgan qonun loyihasida dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi kunga ko‘chirilishi belgilanyapti. Bu degani qonunchilikda belgilangan bayram kunlari agar yakshanba kuniga to‘g‘ri kelsa, unda dushanba kuni dam olish kuniga qo‘shib beriladi.
Deputatlarning aytishicha, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining kabul kilinishi amaliyotda qator qulayliklarni yaratadi. Bunda bozor iqtisodiyoti talablarini hisobga olgan holda xodimlar va ish beruvchilar manfaatlarining muvozanati ta’minlanadi, ularning ijtimoiy hamkorlikka jalb qilinishi ortib, tomonlarning mehnat natijadorligiga qiziqishi rag‘batlantiriladi.
LiveBarchasi