Mustaqillik bayrami uchun qo‘shimcha dam olish kunlari bo‘lmaydi
Jamiyat
−
21 avgust 2025 23223 1 daqiqa
Joriy yilda O‘zbekistonda “1 sentyabr — Mustaqillik kuni” bayram uchun qo‘shimcha dam olish kunlari bo‘lmaydi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, Mustaqillik kuni munosabati bilan:
- 5 ish kuni ishlovchilar 3 kun – 30 avgust (shanba), 31 avgust (yakshanba) va 1 sentyabr (bayram) kunlari;
- 6 ish kunida ishlovchilar 2 kun – 31 avgust (yakshanba) va 1 sentyabr (bayram) kunlari dam oladi.
Qayd etilishicha, qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmagan va dam olish kunlari ko‘chirilmagan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28