O‘zbekiston TIV Ukrainani Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
Olam
−
17:00 786 1 daqiqa
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ukrainani Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. Bu haqdagi tabrik matni bugun, 24 avgust kuni vazirlikning X'dagi sahifasida e’lon qilindi.
“Ukrainadagi barcha do‘stlarimizni Mustaqillik kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!” deyiladi tabrik xatida.

Ma’lumot uchun, Ukrainaning Mustaqillik kuni – mamlakatning asosiy milliy bayrami bo‘lib, har yili 24 avgust kuni keng nishonlanadi. Ushbu bayram 1991 yilning 24 avgustida Ukraina Oliy Radasi tomonidan “Ukraina mustaqilligi to‘g‘risidagi Deklaratsiya” qabul qilingani va mamlakat SSSR tarkibidan chiqib, mustaqil va suveren davlat deb e’lon qilingani sharafiga ta’sis etilgan. Oradan bir necha oy o‘tib, 1991 yil 1 dekabr kuni o‘tkazilgan umumxalq referendumida mamlakat aholisining 90 foizdan ortig‘i ushbu mustaqillik hujjatini to‘liq qo‘llab-quvvatlagan.
Rasmiy ravishda 1992 yildan beri davlat bayrami va dam olish kuni sifatida nishonlab kelinayotgan ushbu sanada an’anaga ko‘ra mamlakat bo‘ylab, xususan poytaxt Kiyevdagi Mustaqillik maydonida turli bayram tadbirlari, konsertlar, harbiy paradlar hamda madaniy ko‘rgazmalar o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni Ukrainaning Mustaqillik kuni bayrami bilan tabriklagan edi.
Live
Barchasi