Donald Tramp o‘zbekistonliklarni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
Jamiyat
−
22:31 449 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga va mamlakat xalqiga davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
“Amerika xalqi nomidan sizga va O‘zbekiston xalqiga mamlakatingiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan samimiy tilaklarimni yo‘llayman. Ushbu shonli sana O‘zbekistonning boy tarixi va yuksak madaniyatini yana bir bor yodga olish uchun muhim va ayni muddao bo‘lgan fursatdir”, deyiladi tabrik xatida.
Shuningdek, maktubda aytilishicha, O‘zbekiston muhim va manzilli islohotlarni amalga oshirayotgani sari strategik sheriklik ham izchil ravishda kengayib, rivojlanib bormoqda. O‘tgan yil davomida mamlakatlar umumiy manfaatlarni ilgari surish, jumladan, chegaralar xavfsizligini ta’minlash, ikki tomonlama savdo va investitsiyalarni oshirish, energetika sohasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda mintaqaviy bog‘liqlikni kengaytirish yo‘lida salmoqli ishlarni amalga oshirilgan.
“Qo‘shma Shtatlar hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini o‘rganar ekan, ikki tomonlama munosabatlarimizni yanada mustahkamlashdan umidvordir. Mustaqillik bayramini nishonlar ekansiz, sizga va O‘zbekiston xalqiga eng ezgu tilaklarimni bildiraman”, deyiladi maktubda.
Live
Barchasi